For the complete documentation index, see llms.txt. This page is also available as Markdown.

Buyurtmalar haqida bildirishnomalar

Ushbu yo'riqnomada Telegram buyurtmalar haqida bildirishnomalarni qanday sozlashni bilib olasiz.

Buyurtmalar haqida bildirishnomalar har doim do'kon ulangan botdan keladi. Bildirishnomalarni Telegram foydalanuvchi yoki guruh (chat) uchun sozlash mumkin.

Telegramda bildirishnomalarni sozlash

Sozlamalarga o'ting.

«Do'kon» bo'limida «Telegramni ulash» bo'limini oching.

Foydalanuvchi yoki guruh uchun bildirishnomalarni sozlang.

Telegramda foydalanuvchi uchun bildirishnomalarni sozlash

Foydalanuvchi — bu Telegram akkaunt bo‘lib, bot unga buyurtmalar haqida bildirishnomalar yuboradi.

Bildirishnomalar bot orqali keladi. Buning uchun foydalanuvchi @username formatida kiritiladi va o‘zgarishlar saqlanadi.

Majburiy: sozlamalarda ko‘rsatilgan @username orqali bot bilan suhbatni boshlash kerak (do‘kon botiga kirib “Boshlash” tugmasini bosish).Keyin bot bildirishnomalarni yubora oladi.

Agar @username o‘zgarsa, sozlamalarni yangilash va yangi nikneymini kiritish kerak. Natijada bot yangi foydalanuvchiga bildirishnoma yuboradi.

Telegramda guruh (chat) uchun bildiriвshnomalarni sozlash

Telegram’da guruh (chat) uchun bildirishnomalarni sozlash

Guruh — bu Telegram’dagi sizning chatingiz bo‘lib, bot buyurtmalar haqida shu yerga xabar yuboradi. Bu bir nechta menejer bir vaqtning o‘zida bildirishnomalarni olish uchun kerak.

Bildirishnomalarni sozlash uchun Telegram’da guruh (chat) yarating va unga do‘kon botini qo‘shing. Botga boshqaruv huquqlarini bering va unga xabar yozishga ruxsat bering.

Bot muvaffaqiyatli qo‘shilgandan so‘ng sizga guruh ID-si yuboriladi (masalan: -1292948284).

Shu ID'dan nusxa ko‘chirib oling va bildirishnomalar sozlamalariga o‘ting.

Guruhga buyurtmalar bildirishnomalarini sozlash uchun «guruh» turini tanlang va bot yuborgan guruh (chat) ID sini kiriting.

O'zgarishlarni saqlang. Sozlamalar muvaffaqiyatli saqlanganda guruhga bildirishnomalar sozlash yakunlangan hisoblanadi.

Last updated